Erdo'g'an "Panja-qilich" operatsiyasi uchun ko’rsatma bergani ma’lum qilindi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Iroq va Suriya shimolidagi terror ob'yektlariga "Panja-qilich" havo operatsiyasi o'tkazilishini buyurgan tasvirlar e'lon qilindi.

1908375
Erdo'g'an "Panja-qilich" operatsiyasi uchun ko’rsatma bergani ma’lum qilindi
erdoğan 2.jpg

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Iroq va Suriya shimolidagi terror ob'yektlariga "Panja-qilich" havo operatsiyasi o'tkazilishini buyurgan tasvirlar e'lon qilindi.

Tasvirlarda Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning Indoneziya safari ortidan Erdo'g'anga mavzu bo'yicha brifing berayotgani ko’rinib turibdi.

Prezident Erdo'g’an Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akardan olgan ma’lumotga ko’ra, operatsiya uchun ko’rsatma bergani ma’lum qilindi.

Eslatma: Joriy yilning 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li dahasidagi sayyohlar gavjum bo'lgan Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi Suriyaning Kobani shahridan jo‘natilgan va terror tashkiloti PKK/PYD bilan aloqador bo‘lgan arab millatiga mansub ayol Ahlam al-Bashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. So‘roq paytida u o'z aybini tan olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Panja-qilich , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar