Mavlud Chavusho‘g‘li TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘liga tashkilot faoliyatini qo’llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

1908138
Mavlud Chavusho‘g‘li TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi

 

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li kecha, 18-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligining Istanbuldagi vakolatxonasida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi elchi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.
Uchrashuvda vazir Chavusho’g’li, Bosh kotib Omuraliyevning muhim bir davrda Bosh kotiblik lavozimini egallaganini ma’lum qilib, kelgusi davrda Tashkilotning yanada rivojlanishi va kuchayishi uchun Bosh kotib bilan hamkorlik qilishlarini ma’lum qildi.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Omuraliyev vazir Chavusho’g’liga tashkilot faoliyatini qo’llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.


Uchrashuvda yetakchilar Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida olib borilayotgan hamkorlik faoliyatlarini muhokama qildi.
Bosh kotib Omuraliyev vazir Chavusho‘g‘lini Turk dunyosi manfaati yo‘lida muvofiqlashtirilgan ishlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Kotibiyatning ish kontseptsiyasida hamda Turkiya hamkorligining boshqa tegishli va bo‘ysunuvchi institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
Mavlud Chavusho‘g‘li Bosh kotib Omuraliyevga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, ​​Tashkilotni boshqarish yo'lidagi ishlarida har doim qo'llab-quvvatlashlarini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar