Erdo'g'an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Rossiya-Ukraina urushi va don koridoriga oid o'zgarishlar muhokama qilindi.

1908105
Erdo'g'an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha 18 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishcha, suhbat chog'ida Rossiya-Ukraina urushi va don koridoriga oid o'zgarishlar muhokama qilindi.

Erdo'g'an shuningdek, Ukraina Prezidenti Zelenskiyga g'alla eksporti bo'yicha Istanbul kelishuvini uzaytirish borasidagi konstruktiv munosabati uchun minnatdorlik bildirdi.

Erdo'g'an don kelishuvi va mahbuslar almashinuvi bilan bog'liq ijobiy tajribalar orttirilganini, bu tushunchani muzokara chizig'iga, ayniqsa o't ochishni to'xtatishga cho'zilishi barcha uchun foydali bo'lishini bildirdi.

Prezident Erdo'g'an shuningdek, Ukraina Prezidenti Zelenskiyga Istanbuldagi teraktda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumgani munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Erdo'g'an , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar