Prezident Erdo‘g‘an: Don yo‘lagi kelishuvi 120 kunga uzaytirildi

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi muddati uzaytirilganini e’lon qildi.

1907491
Prezident Erdo‘g‘an: Don yo‘lagi kelishuvi 120 kunga uzaytirildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvining 2022-yil 19-noyabrdan boshlab 120 kunga uzaytirilganini ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi muddati uzaytirilganini e’lon qildi.

Erdo‘g‘on mavzu haqida o‘z bayonotida:

“Türkiye mezbonligida oʻtkazilgan toʻrt tomonlama muzokaralar natijasida Qora dengiz don yoʻlagi kelishuvi Türkiye, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Rossiya Federatsiyasi va Ukraina oʻrtasida qabul qilingan qaror asosida 2022-yil 19-noyabrdan boshlab 120 kunga uzaytirildi.

Oxirgi 4 oyda 500 ga yaqin kema bilan muhtojlarga 11 million tonnadan ortiq don va don mahsulotlari yetkazib berildi. Bu orqali mazkur kelishuvning dunyoning oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi uchun qanchalik muhim va foydali ekani yaqqol namoyon bo‘ldi.

Kelishuvning uzatilishini taklif qilgan Bosh kotib (Antonio) Guterrishga, Rossiya Davlat rahbari  (Vladimir) Putin va Ukraina Prezidenti (Vladimir) Zelenskiyga o‘z minnatdorchiligimni bildirib, hissa qo‘shgan barchani tabriklayman”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

BMT Bosh kotibi Guterrish ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu haqida:

“Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvining davom ettirilishini chin dildan qo‘llab-quvvatlayman”. – dedi.

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen ham oʻzining Twitter sahifasida Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvining davom etishi haqidagi qarorni qo‘llashini bildirib, buning uchun Bosh kotib Antonio Guterrish va Prezident Erdo‘gʻanni tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz:

Don yo‘lagi kelishuvi, don va don mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz ravishda tashish uchun 22-iyul kuni Istanbulda Prezident Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Guterrish ishtirokida Ukraina va Rossiya o‘rtasida imzolangandi.



Aloqador xabarlar