Istiqlol ko‘chasidagi hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Istiqlol ko‘chasida 13-noyabr kuni 6 kishining umriga, 81 kishining sog‘ligiga zomin bo‘lgan hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda.

1907557
Istiqlol ko‘chasidagi hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Beyog‘luda hujum uyushtirgan terrorist Ahlam Albashir, o‘z ifodasida, PKK/PYD terror tashkiloti tarkibiga qanday kirgani haqida aytib berdi.

Istanbulning Ovrupa tomonida joylashgan Beyo‘g‘lu tumanining Istiqlol ko‘chasida 13-noyabr kuni 6 kishining umriga, 81 kishining sog‘ligiga zomin bo‘lgan hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda.

Hujumni amalga oshirgan 23 yoshli Ahlam Albashir politsiya idorasida bergan bayonotida, PKK/KJK/PYD/YPG terror tashkiloti tarkibiga 2017-yili kirganini qayd etgan holda, ko‘p o‘tmay bedarak yo‘qolgan sevgilisi bilan uchrashmagani ammo tashkilot bilan aloqasini davom ettirganini bildirdi.

Shu bilan birga Ahlam Albashir va qochoqlikda gumon qilingan Bilal H birgalikda yashagan Esenlerdagi ustaxona egasi Ferhat H-ning ham terror tashkiloti bilan aloqasi borligi aniqlandi.

Ferhat H ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali terror tashviqotini olib borgani va tashkilot buyrug‘i bilan Ahlam Albashir va Bilol H-ni o‘z uyida mehmon qilgani ma’lum bo‘ldi.



Aloqador xabarlar