Kecha uyushtirilgan amaliyotda yo‘q qilingan terroristlar soni 10 nafarga yetdi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
1906909

Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:
“Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo yana 4 terrorist yo‘q qilindi. Bu orqali kecha uyushtirilgan amaliyotda yo‘q qilingan terroristlar soni 10 nafarga yetdi. Turk askarlari, terroristlarni o‘zlari qazigan handaklarga ko‘mishni davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.
Aloqador xabarlar

Altun: Toza va to‘g‘ri ma’lumot uchun keng ko‘lamli safarbarlik boshlatiladi
Faxrettin Altun dezinformatsiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratdi.