Istanbulda kuchli portlash sodir bo'ldi

Istiqlol ko‘chasi politsiya tomonidan kirish va chiqish uchun yopilgan. Portlash vaqtida ko‘chada bo‘lganlar hududdan evakuatsiya qilingan.

1905835
Istanbulda kuchli portlash sodir bo'ldi

 

Turkiyaning Istanbul shahrining Beyo‘g‘li dahasidagi Istiqlol ko‘chasida soat 16:13 da portlash sodir bo‘ldi. Hududga ko‘p sonli sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yuborildi.

Portlash ovozi Beshiktosh va Shishlidan eshitilgan.

Istiqlol ko‘chasi politsiya tomonidan kirish va chiqish uchun yopilgan. Portlash vaqtida ko‘chada bo‘lganlar hududdan evakuatsiya qilingan. 

Ko‘chadagi ko‘plab do‘konlarning oynalari singan. Portlash ta’siridan sarosimaga tushgan fuqarolar atrofdagi do‘konlarga berkingan. 

Istiklal ko‘chasida sodir bo‘lgan portlashda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 38 kishi tan jarohati oldi. Yaradorlarimiz davolanmoqda. Hayotdan ko‘z yumganlarga Allohdan rahmat, jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayishini tilab qolamiz. O‘zgarishlar haqida jamoatchilikka ma’lum qilinadi”, deydi Istanbul hokimi Ali Yerlikaya. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an hujum haqida bergan bayonotida, tergov-surishtiruv guruhlari voqea joyida faoliyat olib borayotganini ma’lum qildi.

“Turkiyani terror bilan egallashni istaganlar muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bizga yetib kelgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohatlangan”, deydi Erdo‘g‘an. 

Istiqlol ko‘chasi maydonidagi portlash sababli Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan tergov ishlari boshlandi. 

Tergovga 5 nafar prokuror tayinlandi. Bundan tashqari, Istanbul Jinoyat Sudi tomonidan portlash bilan bog‘liq barcha vizual va audio xabarlar va ijtimoiy tarmoq saytlari uchun translyatsiya taqiqi chiqarildi. 

“Istanbuldagi portlash bilan bog‘liq holda dasturlarga taqiq joriy etildi. Bu barcha ommaviy axborot vositalarimiz e’tiboriga havola etiladi”, deyiladi Radio va televideniye Oliy Kengashi tomonidan berilgan bayonotda. 

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasidagi portlashdan so‘ng Istanbulga yo‘l oldi.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Istanbul

Aloqador xabarlar