Erdo'g‘an: "TDT investitsiya jamg‘armasini tezroq amalga oshirish kerak"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an Samarqand sammitida Turkiy davlatlar tashkiloti investitsiya jamg‘armasi imkon qadar tezroq amalga oshirish haqidagi taklifni ilgari surdi.

1905435

"Biz Turkiy davlatlar tashkiloti investitsiya jamg‘armasi imkon qadar tezroq amalga oshirsak, shuncha foydali bo‘lardi. Bundan tashqari, ushbu jamg‘arma bizga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘maklashishini aniqlab olishimiz kerak.

Biz turli yig‘ilishlarda ana shunday masalalarni muhokama qilib, qaror qabul qilishimiz lozim. Bu mexanizm barchamiz uchun foydali bo‘ladi.

So‘nggi paytda sodir bo‘layotgan voqealar bizdan imkon qadar o‘z koridorlarimizni ishlab chiqishni talab etmoqda. Ish faoliyatini boshlagan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, ko‘priklar ijobiy qadam bo‘ldi. Davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanishida ana shu koridor muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bundan tashqari, birgalikda bojxona tariflarini kamaytirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak. Bu o‘zaro tovar aylanishini albatta kuchaytiradi.

Shuningdek, savdo rivojlanishiga oid erkin savdo shartnomalarini ishlab chiqib, imzolashimiz kerak", dedi Turkiya prezidenti.

Aloqador xabarlar