Mavlud Chavusho’g’li Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida don koridori, Kavkazdagi so'nggi o'zgarishlar va 3+3 formatidagi mintaqaviy hamkorlik platformasi muhokama qilindi.

1900452
Mavlud Chavusho’g’li Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida don koridori, Kavkazdagi so'nggi o'zgarishlar va 3+3 formatidagi mintaqaviy hamkorlik platformasi (Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Eron) muhokama qilindi.

Chavusho’g’li shuningdek, Eron va Panama tashqi ishlar vazirlari bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bilan bo'lgan muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek mamlakatdagi so'nggi vaziyat hamda mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Chavusho’g’li Panamaning yangi tashqi ishlar vaziri Janaina Tewaney Mencomo bilan ham muloqot qilib, uni yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mavlud Chovusho'g'li

Aloqador xabarlar