Erdo‘g‘an bilan Aliyev Türkiye – Ozarbayjon ittifoqiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonda boʻldi.

1895799
Erdo‘g‘an bilan Aliyev Türkiye – Ozarbayjon ittifoqiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan kecha bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonda boʻldi.

Erdo‘g‘anni Ozarbayjonga olib borgan samalyot mamlakatning ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlarida, Turk firmalari ko‘magida insho etilgan ikkinchi xalqaro aeroportga borib qondi.

U yerda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan kutib olingan Erdo‘g‘an, qurilishi tamomlangan aeroportga qo‘ngan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Yangi aeroportning ochilish lentasini kesgan Erdo‘g‘an bilan Aliyevga, aeroportning ramziy kalitlari topshirildi.

Erdoʻgʻan va Aliyev aeroportdagi dastur ortidan “Doʻst Agropark Zengilan” aqlli qishloq xoʻjalik qishlogʻi loyihasining birinchi bosqichini ochib berdi.

Keyinchalik Jabroyil shahriga oʻtib, “Qumloq” poyezd stansiyasining tamal toshini qoʻyish dasturida ishtirok etgan ikkala lider, “Ozarbayjon-Türkiye Xalqaro oʻrmon oʻquv markazi va aqlli koʻchatlar va doʻstlik oʻrmonlari” majmuasining poydevor qoʻyish marosimlarida qatnashdilar.

Prezident Erdoʻgʻan, Ozarbayjon Prezidenti Aliyev bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida ham,

“Qorabogʻ harakat rejasi doirasida, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi, yashil energiya va aqlli shaharlar boʻyicha barcha loyihalarda Ozarbayjonning yonida boʻlishga tayyormiz”. - dedi.

Prezident, arman ishgʻoli davrida Qorabogʻga yetkazilgan ziyonni nazarda tutgan holda:

“Gaaga sudiga olib chiqilib, tovon puli soʻralishi kerak. Ularni shu yoʻl bilan chorasiz qoldirish lozim”.-dedi.

Erdoʻgʻan,

Ozarbayjon - Armaniston va Türkiye - Armaniston oʻrtasidagi normallashish jarayonlari bir-birini qoʻllab-quvvatlagan tarzda rivojlanmoqda. Bu imkondan samarali foydalanish zarur”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ozarbayjon Prezidenti Aliyev esa,

“Turkiya ulkan loyihalarni amalga oshirmoqda. Mintaqada gapi oʻtadi. Dunyoda muhim kuch markazi. Bularning hammasi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan tufayli ekanini hamma bilishi kerak”.- dedi.

Aliyev, ularga nisbatan adolatsizlik qilmoqchi boʻlganlar Türkiye va Ozarbayjon ittifoqini unutmasligi shartligini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar