Ozarbayjondagi yangi aeroportni Prezident Erdo‘g‘an bilan Aliyev ochib berdi

Prezident Erdo‘g‘an, Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bir kunlik ish safari bilan hozirda Ozarbayjonda.

1895458
Ozarbayjondagi yangi aeroportni Prezident Erdo‘g‘an bilan Aliyev ochib berdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonga borar ekan hozirda, Zengilan aeroportiga yetib bordi.

Erdo‘g‘anni Ozarbayjonga olib borgan samalyot mamlakatning ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlarida, Turk firmalari ko‘magida insho etilgan ikkinchi xalqaro aeroportga borib qondi.

Bu yerda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan kutib olingan Erdo‘g‘an, qurilishi tamomlangan aeroportga qo‘ngan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Yangi aeroportning ochilish lentasini kesgan Erdo‘g‘an bilan Aliyevga, aeroportning ramziy kalitlari topshirildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra keyinchalik, mintaqaning taraqqiyoti uchun yangi loyihalar boshlatiladi.

Tashrif chog‘ida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuvlarda Türkiye va Ozarbayjon munosabatlari har jihatdan ko‘rib chiqilib, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlarning muhokama qilinishi kutilmoqda

Shuningdek, o‘zaro munosabatlardan tashqari kun tartibidagi mintaqaviy va global muammolar ustidan fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.

 

 



Aloqador xabarlar