Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo'nab ketdi

Davlat rahbari 12-14 oktyabr kunlari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida ishtirok etadi.

1891628
Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo'nab ketdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun, 12 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo'nab ketdi.

Bu haqda Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti ma’lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Davlat rahbari 12-14 oktyabr kunlari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida ishtirok etadi.

Davlat rahbari shuningdek, Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev bilan birga "Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammiti"ga raislik qiladi. Erdo'g'an sammitda nutq so’zlaydi. 

Shu kunning o'zida tegishli vazirlar ishtirokida bo'lib o'tadigan yig'ilishda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Uchrashuvlarda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezident Erdo'g'anning bir qator xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalangan.


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #Turkiya , #Qozog'iston , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar