Erdo’g’an Chexiya poytaxti Pragaga safar qildi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevropa Siyosiy Hamjamiyatining davlat rahbarlari ishtirokidagi birinchi sammitida ishtirok etadi.

1889304
Erdo’g’an Chexiya poytaxti Pragaga safar qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevropa Siyosiy Hamjamiyatining davlat rahbarlari ishtirokidagi birinchi sammitida ishtirok etish uchun Chexiya poytaxti Pragaga safar qildi.

Mazkur sammitga Yevropa Ittifoqiga a'zo 27 mamlakatdan tashqari yana 17ta davlat taklif etilgan. Ular orasida Turkiya ham bor.

Erdo’g’an sammit doirasida o’tkaziladigan "tinchlik va xavfsizlik" mavzusidagi davra suhbatlariga qatnashadi.

Turkiya yetakchisi sammit doirasida ayrim davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.

Tashrif chog’ida Prezident Erdo’g’anga Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li hamrohlik qilmoqda.

Yevropa Siyosiy Hamjamiyatining davlat rahbarlari ishtirokida sammit o’tkazish taklifi birinchi marta may oyida Fransiya prezidenti Makron tomonidan ilgari surilgandi.

Yevropa Ittifoqi ma'muriyati Yevropa Siyosiy Hamjamiyatiga Yevropa qit'asidagi mamlakatlarni siyosiy muvofiqlashtirish uchun platforma yaratishni maqsad qilgan.

U siyosiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish orqali umumiy manfaatlarni hal qilishga, shu orqali Yevropada xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni oshirishga qaratilgan.

Yevropa Ittifoqiga muqobil boʻlmasligi va yangi xalqaro tashkilotga aylanmasligiga urgʻu berilgan Yevropa Siyosiy Hamjamiyatining yiliga bir yoki ikki marta davlat rahbarlari darajasida to'planishi talab qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Chexiya , #Praga , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar