Mavlud Chavusho’g’li Estoniya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv chog’ida Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilingan va NATOning kengayishi bilan bog’liq xususlar haqida fikr almashilgan.

1889251
Mavlud Chavusho’g’li Estoniya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Estoniya parlamenti Tashqi ishlar qo’mitasi raisi Marko Mihkelson boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilingan.

"Estoniya parlamenti Tashqi ishlar qo'mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazdik",- deb yozadi Mavlud Chavusho’g’li ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumotga ko’ra, uchrashuv chog’ida Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilingan va NATOning kengayishi bilan bog’liq xususlar haqida fikr almashilgan.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay, Qirg’izistonning sobiq prezidenti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili etib tayinlangan Roza Otunbayeva va Chexiya Tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma'lumotga ko'ra, Chavusho'g'li suhbat chog’ida Roza Otunbayevani yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va Chexiyalik hamkasbi bilan Yevropa Siyosiy hamjamiyati sammitiga tayyorgarlik bo’yicha fikr almashdi.

Chavusho'g'lining Hamid Karzay bilan suhbati tafsiloti haqida hech qanday ma'lumot berilmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Estoniya , #Turkiya , #Mavlud Chovusho'g'li

Aloqador xabarlar