Hulusi Akar Buyuk Britaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi

Hulusi Akarning tashrifi chog'ida Turkiya va Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik shuningdek, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

1889028
Hulusi Akar Buyuk Britaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Buyuk Britaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

U mamlakatga tashrifini Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning rasmiy taklifiga binoan amalga oshirdi.

Hulusi Akarning tashrifi chog'ida Turkiya va Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik shuningdek, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ayrim mudofaa sanoati kompaniyalari bilan ham muzokaralar o'tkazish rejalashtirilgan.

Hulusi Akarga tashrif doirasida mudofaa va xavfsizlik masalalari bo'yicha mutaxassislardan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Ushbu tashrif Britaniyaning Turkiyaga qarshi mudofaa sanoati bo’yicha barcha embargolarini bekor qilgan bir paytda to’g’ri kelishi diqqat jalb qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Buyuk Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar