Türkiyedan Pokistonga yana insonparvarlik yordami yetkazib beriladi

Muhtojlarga yordam berishni istagan ko‘ngillilarning qo‘llab-quvvatlashi bilan tayyorlangan yordamlarni Pokistonga yuborish ishlari davom etmoqda.

1888253
Türkiyedan Pokistonga yana insonparvarlik yordami yetkazib beriladi

Turk Qizil yarim oy jamiyati, musson yomg‘irlari yo‘l ochgan falokatlarda ziyon ko‘rganlarga yordam berish maqsadida Pokistonga yana 84,2 tonna insonparvarlik yordami yubormoqda.

Mavzu haqida Turk Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, muhtojlarga yordam berishni istagan ko‘ngillilarning qo‘llab-quvvatlashi bilan tayyorlangan yordamlarni Pokistonga yuborish ishlari davom etmoqda.

Shu doirada Turk Qizil yarim oy jamiyati yana 4 ta yuk tashuvchi mashina orqali 3,4 million liralik 84,2 tonna gumanitar yordam ashyosini muhtojlarga yetkazib beradi.

Bu hafta yo‘lga chiqadigan yuk tashuvchi mashinalar, Pokistondagi Turk Qizil yarim oy jamiyati xodimlari koordinatsiyasida tarqatiladi.



Aloqador xabarlar