Erdo'g’an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisni tanqid qildi

"U Amerika Qo'shma Shtatlaridan Turkiyaga qarshi yordam so'ramoqda. Nima qilsang qil. Biz nima kerak bo'lsa, qilamiz va bunga tayyormiz",-dedi Erdo'g'an.

1888483
Erdo'g’an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisni tanqid qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisga murojaat qildi.

"U Amerika Qo'shma Shtatlaridan Turkiyaga qarshi yordam so'ramoqda. Nima qilsang qil. Biz nima kerak bo'lsa, qilamiz va bunga tayyormiz",-dedi Erdo'g'an.

Erdo‘g‘an, “Turkiya deyilganda, iqtisodi, mudofaa va harbiy salohiyati, shuningdek, insonparvarlik inqirozlari oldida vijdoni va prinsipial pozitsiyasi bilan ajralib turadigan davlat esga tushadi” dedi. 

“Qizil bayroq qayerda hilpirab turmasin, biz fuqarolarimiz uchun ham, u yerda yashovchilar uchun ham ishonch va adolatni targ'ib etamiz va yuz millionlab mazlum va begunoh odamlarning umidiga aylanishdek og‘ir mas’uliyatni qalbimizda his qilamiz”, deydi Erdog’an o’z nutqida.

Erdo'g'an shuningdek, Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakisni ham tanqid qildi.

“Biz Gretsiya paromlari Egey va O‘rta yer dengizidagi begunoh va kambag‘al odamlarni qanday o'limga mahkum qilayotganini kuzatib boryabmiz. Dunyo bunga chora ko'ryabdimi? Yo'q. Bizning sohil xavfsizlik kuchlarimiz ularni dengizdan qutqarmoqda. Chunki biz musulmonmiz. Biz musulmonlarimizning talablarini bajaryapmiz. Endi Gretsiya Bosh vaziri Amerikadan yordam so'ramoqda. Turkiyaga qarshi yordam so'ramoqda. Nima qilsang qil. Biz nima kerak bo'lsa, qilamiz va bunga tayyormiz”,- dedi Erdo'g'an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar