Turkiya, Somalining Beledveyn shahrida sodir etilgan terror hujumlarini qoraladi

Somalida bomba yuklangan mashinalar bilan uyushtirilgan 3 xudkushlik hujumi natijasida  12 kishi  hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilindi.

1888076
Turkiya, Somalining Beledveyn shahrida sodir etilgan terror hujumlarini qoraladi

 

Turkiya, Somalining Beledveyn shahrida sodir etilgan terror hujumlarini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan  bayonotda, kecha Somalining Beledveyne shahrida sodir bo'lgan terror hujumlarida, jumladan, mintaqaviy hukumat vakillari va tinch aholi vakillaridan iborat ko'plab insonning hayotdan ko'z yumgani va tan jarohati olgani uchun  chuqur qayg'u bilan ma'lum qilindi.

Bayonotda,

“Biz bu jirkanch terror xurujlarini qattiq qoralaymiz, halok bo‘lganlarga Olloh rahm- shafqat qilsin, ularning yaqinlariga, do‘st va qardosh Somali hukumati va xalqiga hamdardlik va jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini bildiramiz”. Deya qayd etildi.

Somalida bomba yuklangan mashinalar bilan uyushtirilgan 3 xudkushlik hujumi natijasida  12 kishi  hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Hamdardlik , #Turkiya , #Somali

Aloqador xabarlar