Erdo‘g‘an va Putin Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollarini muhokama qildi

Kecha, 29 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilgan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

1886746
Erdo‘g‘an va Putin Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollarini muhokama qildi

 

Kecha, 29 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilgan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati muzokaralar yakunlari bo‘yicha bergan brifingda ma'lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni muzokaralarga yana bir imkoniyat berishga chaqirgan va bu jarayonda vositachilik rolini o‘ynashga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek, ko‘proq ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash uchun keskinlikni pasaytirish choralari zarurligi qayd etilgan.  

“Shu munosabat bilan Turkiya prezidenti ushbu jarayonga, xususan, Ukrainaning bir qator mintaqalarini Rossiyaga qo‘shish borasida tegishli choralarni kutishini aytdi”, deyiladi Turkiya Prezidenti ma’muriyati ma'lumotida.

Erdo‘g‘an, Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘it eksport qilish tarafdori ekanini ham qo'shimcha qilgan. 

Shuningdek, suhbatda, energetika sohasida – Rossiya tabiiy gazini Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirish va Akkuyu atom elektr stansiyasini birgalikda qurish doirasidagi hamkorlikka ijobiy baho berilgan. 

Davlat rahbarlari 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlaganlar.

Kremlning ma’lum qilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Erdo‘g‘anga Donetsk va Lugansk “xalq respublikalari”, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar shaffof va xalqaro huquq, jumladan, BMT Nizomiga to‘liq mos ravishda o‘tgani haqida ma'lumot bergan. 

Suhbat so‘ngida Erdo‘g‘an Ijevskdagi maktabda sodir etilgan otishmada ko‘plab qurbonlar berilgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 

“Turkiya prezidenti Ijevsk maktabida sodir etilgan terrorchilik harakatining fojiali oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi”, deyiladi Kreml xabarida. 


Tanlangan kalimalar: #Putin , #Erdo'g'an , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar