MXK: Türkiyening huquq va manfaatlari qonun doirasida himoya qilinadi

MXK Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

1886250
MXK: Türkiyening huquq va manfaatlari qonun doirasida himoya qilinadi

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK), Türkiyening huquq va manfaatlari qonun doirasida himoya qilinishini bildirdi.

MXK Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishdan keyin e’lon qilingan bayonotda, Gretsiyaning oxirgi paytlarda avj olgan provokatsion harakatlari muhokama qilingani qayd etildi.

Unda, mavzu haqida:

 “Gretsiyaning behuda urinishlariga qarshi xalqimiz manfaatlarini himoya qilish uchun har qanday qonuniy usul va vositalarni qo‘llashdan chekinmasligimiz ta’kidlandi”. –deyildi.

Bayonotda shuningdek:

“Harbiy bo‘lmagan maqomdagi orollarning qurollantirilishi masalasida Gretsiyani qo‘llagan muhit, sog‘lom fikr yuritishga chaqirildi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Janubiy Kiprdagi qurol embargosini bekor qilish qaroriga ham e’tibor qaratilgan bayonotda,

“Sheriklik ruhiga zid kelgan ushbu qarordan voz kechilishi kerakligi ifoda etildi”.-deyildi.

Bayonot yakunida:

“Kipr turklari huquqlarini himoya qilish faoliyati qat’iy davom etishi ta’kidlangan holda, barcha davlatlar Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) mustaqilligini tan olishga taklif qilindi”,-degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar