Vladimir Zelenskiy Erdo'g'anga samimiy minnatdorlik bildirdi

Zelenskiy kecha, 28 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotidan so'ng, videomurojaat yo'lladi.

1886449
Vladimir Zelenskiy Erdo'g'anga samimiy minnatdorlik bildirdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 28 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotidan so'ng, videomurojaat yo'lladi.

Prezident o'z videomurojaatida Erdo'g'anga samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Prezident Erdo‘g‘anga xalqimizni rus asirligidan ozod qilishda yordam bergani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdim. Mana endi Turkiyadagi Azovstal komandirlari tez orada o‘z oilalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Biz masala ustida ishlayapmiz”, - dedi Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiy Prezident Erdo‘g‘an bilan mudofaa sohasida yana ham ko‘proq hamkorlik qilish masalasini muhokama qilganligini bildirdi.

Suhbat davomida shuningdek, Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina o‘rtasida uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgan mahbuslar almashinuvi muvaffaqiyatli yakunlanganidan mamnunligini bildirgan.

Erdo‘g‘an kecha CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida Zelenskiy undan referendum o‘tkazilgan hududlar borasida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini va Putinni ko‘ndirishini so‘ragan.

Erdo‘g‘an Zelenskiyning undan iltimosiga to‘xtalarkan, Putinni aynan nimaga ko‘ndirishi kerakligiga aniqlik kiritmagan. 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar