Turkiya Egey dengizidagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori

Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Gretsiyaning oxirgi paytlarda kuchayib borayotgan provokatsion harakatlariga munosabat bildirdi.

1886406
Turkiya Egey dengizidagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori

 

Turkiya Egey dengizidagi mojarolarga tinch yo’l bilan yechim topish tarafdori...

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Shirnakda so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

Gretsiyaning oxirgi paytlarda kuchayib borayotgan provokatsion harakatlariga munosabat bildirgan Hulusi Akar, "Biz Gretsiyani ushbu xatti-harakatlaridan voz kechib, muammoni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqiramiz. Ular bu yerga keladimi yoki biz Gretsiyaga boramizmi? Keling, bu muammolarni birgalikda hal qilaylik. Turkiya hech kimga tahdid yoki xavf tugʻdirmaydi. Tanglikdan eng ko‘p yunon xalqi aziyat chekmoqda”, -dedi.

Vazir Akar shuningdek, Iroq shimoliga 140 km masofada olib borilgan operatsiyada 16ta g'orga zarba berilganini ma'lum qildi.

"Turkiya qurolli kuchlari 27-sentyabr kuni 140 kmgacha kirib, Iroq shimolidagi Asos shahrida terrorchilarning 16 ta g‘ori, bunkerlari va qo‘mondonlik punktlariga zarba berdi”,- dedi u.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar