Erdo'g'an bugun Vladimir Putin bilan muloqot qiladi

"Bugun kechqurun janob Putin bilan muloqot qilaman. Ular bilan Ukraina masalasini hal qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz",- dedi Erdo'g'an.

1886394
Erdo'g'an bugun Vladimir Putin bilan muloqot qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun, 29 sentyabr kuni kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qiladi.

Erdo'g'an Turkiya hunarmandlari konfederatsiyasining (TESK) poytaxt Anqarada bo'lib o'tgan anjumanida so'zlagan nutqida, Yevropaning hozirgi kundagi eng muhim kun tartibi yaqinlashib kelayotgan qish mavsumini qanday o'tkazish ekanligini ta'kidladi. 

"Yevropa davlatlari hozir nima qilamiz, bu qishdan qanday chiqamiz, deb o'ylashmoqda. Turkiyaning bunday muammosi bormi? Yo'q",- dedi Erdo'g'an.

Turkiya sifatida ushbu murakkab davrni osonlik bilan yengib o'tayotganini qayd etgan Erdo'g'an, "Bugun kechqurun janob Putin bilan muloqot qilaman. Ular bilan Ukraina masalasini hal qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Agar, favqulodda vaziyat bo'lmasa, qish oylarini muammosiz o'tkazamiz. Dunyoning ko'plab mamlakatlari bilan solishtirganda Turkiya ushbu davrni iqtisod modelining hissasi bilan yanada kuchliroq yetib o'tadi",-dedi. 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Putin , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar