Terror tashkilotining o‘rmon yong‘inlaridan mas'ul a'zosi yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1885723
Terror tashkilotining o‘rmon yong‘inlaridan mas'ul a'zosi yo‘q qilindi

Türkiye Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining Terrorizm yuzasidan qidirilganlar ro‘yhatining qizil kategoriyasiga kiritilgan PKK/KJK terror tashkiloti a’zosi Sabah O‘g‘ur, Suriyaning Halab shahridagi amaliyotda yo‘q qilindi.

Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) PKK/KJK-PYD/YPG terror tashkilotining Suriya va Iroqdagi yuqori darajali kadrlarini yo‘q qilish maqsadida yaqindan kuzatuv ishlari boshlatdi.

Natijada, PKK/KJK terror tashkilotining Türkiyedagi o‘rmon yong‘inlari harakatlaridan mas’ul a’zosi Sabah O‘g‘ur, MRT tomonidan Suriyaning Halab shahrida uyushtirilgan amaliyotda yo‘q qilindi.

Bir necha terror harakatining amalga oshirilishi uchun buyruq bergan Sabah O‘g‘urning singlisi Zahra O‘g‘ur esa, 2010-yili yo‘q qilingandi.



Aloqador xabarlar