Ukraina portlaridan don yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Ukraina portlaridagi donlarni yetkazib berish ishlari rejalashtirilganidek davom etmoqda.

1885244
Ukraina portlaridan don yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Don eksporti doirasida Ukraina portlaridan yana 9 ta kema yo‘lga chiqdi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV)  mavzu haqida bergan bayonotda:

“Don eksporti rejalashtirilganidek xavfsiz ravishda davom etmoqda. Bugun Ukraina portlaridan yana 9 ta don yuklangan kema yo‘lga chiqdi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tamiz, Qora dengizdan xavfsiz ravishda don va don mahsulotlari eksport qilish uchun 22-iyul kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyidagi Prezident ofisida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish huzurida Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida, “Don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati”,-imzolangandi.



Aloqador xabarlar