Erdoʻgʻan: Yurtimiz haq va manfaatlarini Gretsiyaga qarshi himoya qilishdan chekinmaymiz

Prezident Erdoʻgʻan, Prezidentlik kulliyasidagi Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

1885055
Erdoʻgʻan: Yurtimiz haq va manfaatlarini Gretsiyaga qarshi himoya qilishdan chekinmaymiz

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan:

“Zarurat tugʻilganida butun imkonlarimizdan foydalangan holda yurtimiz haq va manfaatlarini Gretsiyaga qarshi himoya qilishdan chekinmaymiz”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, Prezidentlik kulliyasidagi Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

“Gretsiyaning, har tomoni igʻvogarchilik bilan toʻlgan siyosatlarini ibrat bilan kuzatyapmiz”.-degan Erdoʻgʻan:

“Grek siyosatchilarni gij-gijlab, bizga tosh otganlarning asl niyati, buyuk va qudratli Türkiyeni barpo etish dasturimizga monelik qilish ekanidan boxabarmiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

So‘zlarini, “Gretsiyaning kelasi chorak asrini garovga olgan, badallari iqtisodiy va siyosiy yoʻllardan mutlaqo toʻlatiluvchi kelishuvlar bizni emas aslida grek xalqini xavf ostiga qoʻymoqda. Türkiye sifatida biz bu filmni oʻtmishda tomosha qildik, muammoni hal qildik va u daftarni yopib, oʻzimiz uchun yangi yoʻl chizib oldik. Endi esa Gretsiyaning, koʻz oldimizda shunga oʻxshash falokat tomon ketishidan, qo‘shni sifatida haqiqatdan ham xavotirdamiz”.-deya davom ettirdi.

Gretsiyaning to‘rt tomoniga bosqin uyushtirgandek xorijiy harbiy kuchlarning to‘planishi Türkiyeni emas, grek xalqini bezovta qilishi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Na harbiy kuchlar, na siyosiy va iqtisodiy yordamlar Gretsiyani bizning darajamizga ko‘tara oladi ammo uni botqoqqa sudrash uchun yetarlidir. Zarurat tugʻilganida butun imkonlarimizdan foydalangan holda yurtimiz haq va manfaatlarini Gretsiyaga qarshi himoya qilishdan chekinmaymiz. (Gretsiyaning igvogarchiliklari) Bu ham grek siyosatchilar, grek davlati, grek xalqi ham da ulardan qoʻgʻirchoqdek foydalanganlar uchun tahlikali oʻyindir”.-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Prezident Erdoʻgʻan , #Gretsiya

Aloqador xabarlar