Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja Bokuda

Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja Ozarbayjon poytaxti Bokuda.

1883211
Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja Bokuda

Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja, Türkiye-Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash biznes forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Ozarbayjonda.

Faxrettin Koʻja tashrifining ilk kuni poytaxt Bokuda joylashgan “Shahidlar alleyasi”, Ozarbayjonning sobiq prezidenti marhum Haydar Aliyevning qabri va halok boʻlgan turk askarlari xotirasiga qoʻyilgan monumentni ziyorat qildi.

Ushbu ziyorat chogʻida Faxrettin Koʻjaga, Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash vaziri Teymur Musayev va Türkiyening Bokudagi elchisi Jahit Bagʻji hamrohlik qildi.

Türkiye Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja Bokuda, Türkiye-Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash biznes forumida ishtirok etadi. Ortidan, kasbdoshi Musayev bilan sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari bilan uchrashadi. Ertaga esa, Qorabogʻning ramziy shahri Shushaga tashrif uyushtiradi.



Aloqador xabarlar