Erdo'g‘an: "Rossiya va Ukraina o'rtasida 200 nafar harbiy asir almashildi"

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Rossiya prezidenti Putin va Ukraina prezidenti Zelenskiyga mahbuslar almashish imkonini bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

1883149
Erdo'g‘an: "Rossiya va Ukraina o'rtasida 200 nafar harbiy asir almashildi"

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o'rtasidagi diplomatik sa’y-harakatlar natijasida bugun ikki davlat o'rtasida 200 nafar harbiy asir almashildi.

Erdo’g’an bu kelishuv haqida Nyu-Yorkdagi Amerikaning “PBS” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya vositachiligida amalga oshirilgan mahbuslar almashinuvi urushni tugatish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Tinchlik oʻrnatilishiga olib keladigan bunday sa’y-harakatlar davom etishi qayd etildi.

Erdo‘g‘an ayni vaqtda, Rossiya prezidenti Putin va Ukraina prezidenti Zelenskiyga mahbuslar almashish imkonini bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

"Shuningdek, bu jarayonni yo’lga qo’yishga harakat qilgan barcha do'stlarimga minnatdorlik bildiraman", dedi Turkiya prezidenti.

AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Ukraina va Rossiya o'rtasidagi harbiy asirlar almashinuvida vositachilik qilgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Bu haqda Sallivan Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Turkiya hukumatiga “don yo’lagi” kelishuvidagi yetakchiligi, shuningdek, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvida vositachilik qilgani uchun minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar