Mavlud Chavusho’g’li mazhablararo taranglik terrorizmga zamin yaratganini aytdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasi munosabati bilan Nyu-Yorkda bo’lgan Mavlud Chavusho’g’li Global terrorizmga qarshi kurash forumining (TMFK) 12-Vazirlar yig’ilishida ishtirok etdi.

1883094
Mavlud Chavusho’g’li mazhablararo taranglik terrorizmga zamin yaratganini aytdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li terrorizmni oziqlantirgan omillarga e’tibor berilmas ekan, terrorga qarshi kurashda g’alaba qozonib bo’lmasligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasi munosabati bilan Nyu-Yorkda bo’lgan Mavlud Chavusho’g’li Global terrorizmga qarshi kurash forumining (TMFK) 12-Vazirlar yig’ilishida ishtirok etdi.

Chavusho’g’li o’z nutqida terrorizmning rivojlanayotgan global muammo ekanligini ta’kidlab, texnologiyaga kengroq kirishish bu sohadagi tahdidni yanada kuchaytirganiga e’tibor qaratdi.

Islomofobiya va irqchilik sabab bo'lgan shiddatli hujumlar ortib borayotganiga diqqat qaratgan Chavusho'g'li mintaqaviy va mazhablararo taranglik, murosasizlik va zaif davlatlar terrorchilik harakatlariga yo'l ochganini aytdi.

“Terrorizmni oziqlantiruvchi omillarni bartaraf qilmagunimizcha terrorizmga qarshi kurashda gʻalaba qozonib boʻlmaydi. Terrorizmga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatimiz terrorchilarga xavfsiz boshpana bermaslik boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarimizga bogʻliq. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, terrorizmning dini va etnik o‘ziga xosligi yo‘q, biz terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishimiz kerak”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li yig’ilishda so’zlagan nutqida.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho’g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar