Turkiya Ukraina hududlarida referendum o‘tkazishga urinishdan xavotirda

Turkiya hukumatining fikricha, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonda bo‘lajak referendumlar Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatga to‘sqinlik qiladi.

1883043
Turkiya Ukraina hududlarida referendum o‘tkazishga urinishdan xavotirda

 

Turkiya Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazishga urinishdan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

Turkiya hukumatining ta’kidlashicha, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonda bo‘lajak referendumlar Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatga to‘sqinlik qiladi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilgan.

- Biz Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida bir tomonlama referendum tashkil etilishiga urinishdan xavotirdamiz, - deyiladi bayonotda.

Bunday noqonuniy amallar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydi. Aksincha, diplomatik jarayonni jonlantirish harakatiga to‘sqinlik qiladi va beqarorlik chuqurlashuviga olib keladi. Anqara 2014 yil Qrim noqonuniy anneksiya qilingandan beri ta’kidlab kelinayotgan Ukrainaning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suvereniteti qo‘llab-quvvatlanishini yana bir bor eslatadi.

TIV bayonotida shuningdek, “Biz davom etayotgan inqirozni muzokara yo‘li bilan hal qilishga har qanday zarur hissani qo‘shishga tayyorligimizni tasdiqlaymiz”, degan ifodalarga o’rin berilgan.

Eslatma: 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #referendum , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar