Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari Qirg‘iz-Tojik davlat chegarasida sodir bo‘layotgan fojiali voqealar yuzasidan fikr almashgan.

1882709
Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari Qirg‘iziston-Turkiya ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini hamda o‘zaro hamkorlikning boshqa dolzarb masalalarini muhokama qilgan. 

Bundan tashqari, yaqinda qirg‘iz-tojik davlat chegarasida sodir bo‘lgan fojiali voqealar yuzasidan fikr almashilgan. 

Prezident Sadir Japarov Tojikiston tomoni o‘z qo‘shinlarini Qirg‘iziston chegarasiga oldindan olib chiqib ketganini, o‘zining qurolli kuchlari va og‘ir harbiy texnikasidan foydalangan holda Qirg‘iziston hududidagi chegara va fuqarolik ob’ektlari va aholi punktlariga hujum qilganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u janglar Qirg‘iziston hududida bo‘lganini urg‘ulagan. 

Sadir Japarov tojik tomoni yaratgan vaziyat tinch aholi o‘rtasida tuzatib bo‘lmas talofotlarga, harbiy xizmatchilar orasida yo‘qotishlarga, harbiy va fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazganiga e’tibor qaratgan. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sadir Japarovga chuqur hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan. 

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

Eslatma: Sadir Japarov kecha, 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so'zlagan nutqida chegaradagi to‘qnashuvni Tojikiston tomoni boshlagini va prezident Imomali Rahmon xalqaro kelishuvlar va shartnomalarga qaramay tajovuzkor harakatlarni davom ettirayotganini aytgandi. 


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar