Hulusi Akar Gretsiyani tarixdan saboq olishga va mojaroga kirmaslikka chaqirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, poytaxt Anqarada Malayziya Milliy bayrami ziyofatidan keyin bayonot berdi.

1879179
Hulusi Akar Gretsiyani tarixdan saboq olishga va mojaroga kirmaslikka chaqirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Gretsiyaning oxirgi paytlarda uyushtirgan provokatsiyalariga keskin munosabat bildirdi.

Hulusi Akar, poytaxt Anqarada Malayziya Milliy bayrami ziyofatidan keyin bayonot berdi va unda Gretsiyani nazarda tutgan holda:

“Tarixdan saboq oling deyapmiz. Yangi mojarolarga kirmang. Ba’zilari qulog‘ingizga nimalardir deyishi mumkin lekin ularning to‘g‘ri emasligiga tarixda guvoh bo‘ldingiz. Agar oynaga qarasalar, haqiqatni ko‘radilar va balki uyaladilar ham. Bunchalik, ochiq-oydin ikkiyuzlamachilik yaxshi emas”.-dedi.

Gretsiyaning ortgan ig‘vogar tusdagi xatti-harakatlari va yaqindagina Egeyda Ro-Ro kemasiga qarshi o‘t ochishiga qarshi Mudofaa vaziri Akar:

“Barcha yaxshi niyatli sa’y-harakatlarimizga qaramay afsuski qo‘shnimiz Gretsiya har doim ig‘vogar tusda qadam tashlab, keskinlikni oshirishni davom ettirmoqda. Buning oldini olish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz”.-deya gapirdi.

Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining Sharqiy O‘rta yer dengizi va Egeyda milliy va NATO faoliyati borligini, xalqaro huquq va o‘zaro kelishuvlar doirasida o‘quv-mashqlari rejalashtirilganini ta’kidlagan Akar o‘z so‘zini:

“Hatto shu faoliyatlarga ham Rossiyada ishlab chiqarilgan S-300 havo mudofaa tizimlari orqali provakatsiya uyushtirmoqda. Bu bir dushmanlik, dushmanlardek munosabatdir. Buning na ittifoqchilik, na qo‘shnichilik, na oldingi kelishuvlar bilan aloqasi bor. Ular bu ishlarga qo‘l urish orqali dushmanlik qilmoqdalar. Bularni esa qabul qilish imkonsiz. Bu katta ikkiyuzlamachilikdir. Biz buni har safar tegishli tomonlarga ham yozmacha ham da og‘zaki yetkazyapmiz. Türkiyega qarshi bu xatti-harakatlarini kuzatmoqdalar. Hech qaysinisini javobsiz qoldirmayapmiz. Biz tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va xalqaro huquq tarafdorimiz. Mana shu mavzularda hamkorlik qilishni xohlaymiz. Egey dengizining tinchlik dengizi bo‘lishini istaymiz lekin afsuski, bunga javob topa olmayapmiz”.-degan so‘zlar bilan davom ettirdi.

Boshqa tomondan, Akar Gretsiyadagi Lavrion lageri haqida:

“Lavrionda FETO, PKK/YPG, DEASh, DHKP-C ni yashirib, ularga mezbonlik qilmoqdalar. U yerdan turli mamlakatlarga borishlariga imkon topib bermoqdalar. Bularning hammasi bo‘lar ekan katta g‘aflat va ikkiyuzlamachilik bilan hech narsa bo‘lmaganini iddo etmoqdalar. Buni anglash imkonsiz”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar