Chavushoʻgʻlu Gretsiyani ogohlantirdi

Mevlut Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqarada oʻtkazilgan simpoziumning ochilishida nutq soʻzladi.

1878946
Chavushoʻgʻlu Gretsiyani ogohlantirdi

Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlu,

“Boshqalari uchun mojaroga kirsangiz, oqibatlariga ham chidaysiz. Bu Gretsiya uchun ogohlantirishdir”.-dedi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqarada oʻtkazilgan simpoziumning ochilishida soʻzlagan nutqida:

“Hamma oʻziga kelsin, ayniqsa Gretsiya. Boshqalarining oʻyinchogʻi boʻlmang. Igʻvogarchiliklarni davom ettirmang chunki Türkiyening doʻstligi azaliy, adovati esa vahimdir. Buni unutmang!”-deya gapirdi.

Chavushoʻgʻlu:

“Biz Egey dengizining ikki tomonida, qo‘shnichilik huquqlarini hurmat qilaylik der ekanmiz Gretsiya haligacha tirnashni, tirmalashni davom ettirmoqda. Boshqalari uchun mojaroga kirsangiz, oqibatlariga ham chidaysiz. Bu Gretsiya uchun ogohlantirishdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Avgust oyi oxirida Egey va Sharqiy oʻrta yer dengizida faoliyat olib borgan turk uchoqlarining signallari, Gretsiyaga oid S-300 havo mudofaa tizimlari tomonidan bloklab qoʻyilgandi.

Shuningdek, dam olish kunlari Gretsiya Sohil Xavfsizlik xizmati qayiqlari Egey dengizida xalqaro suvlarda suzib yurgan tijorat kemasiga hujum uyushtirdi.



Aloqador xabarlar