Akar Ukraina portlaridan 2.5 million tonnaga yaqin don tashilganini ma’lum qildi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, bugungacha Ukraina portlaridan 2.5 million tonnaga yaqin don tashilganini ma’lum qildi.

1876670
Akar Ukraina portlaridan 2.5 million tonnaga yaqin don tashilganini ma’lum qildi

Türkiye tashabbuslari bilan tashkil etilgan don yo‘lagi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, bugungacha Ukraina portlaridan 2.5 million tonnaga yaqin don tashilganini ma’lum qildi.

Polshadagi Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasining ochilish marosimida soʻzga chiqqan Akar, yuk tashish bilan bogʻliq oxirgi vaziyat haqida ma’lumot boʻlishdi.

Akar unda,

“Hozirgacha 100 ga yaqin kema va 2,5 million tonnaga yaqin don Ukraina portlaridan yoʻlga chiqdi. Umid qilamizki, bu ish don narxini pasaytiradi va ekspertlar aytganidek, oziq-ovqat inqirozining oldini oladi”.-dedi.

Shu paytgacha muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan don yoʻlagining boshqa sohalarga ham aks etish imkoniyatini tilga olgan Akar,

“Shuningdek, bu sa’y-harakatlarning energiya kabi boshqa sohalardagi hamkorlikka namuna boʻlishi mumkinligiga ishonamiz. Bundan tashqari oziq-ovqat inqirozining oldini olib, Afrikadan Türkiye va Yevropaning qolgan qismiga muhojirlar oqib borishiga monelik qiladi”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar