Mavlud Chavusho’g’li Ukraina deputati Mustafa Abduljemil Kirimo'g'li bilan uchrashdi

“Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashda va Qrim-tatar turklarining huquqlarini himoya qilishda davom etamiz”,-deb ma'lum qilgan Turkiya TIV rahbari.

1876055
Mavlud Chavusho’g’li Ukraina deputati Mustafa Abduljemil Kirimo'g'li bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ukraina tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Emine Jeppar va Qrim-tatar turk xalqi rahbari, Ukraina deputati Mustafa Abduljemil Kirimo'g'li bilan uchrashdi.

Chavusho’g’li uchrashuv tafsilotlarini Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashda va Qrim-tatar turklarining huquqlarini himoya qilishda davom etamiz”,-deb ma'lum qilgan Turkiya TIV rahbari.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Emine Jeppar ham Twitter'da Turkiyaga tashrifidan mamnunligini va vazir Chavusho'g'lining samimiy qabuli uchun minnatdor ekanini ma'lum qildi.

U mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Qrim platformasining 2-sammitida ishtirok etishini eslatib, Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo'llab-quvvatlashidan bag'oyat mamnunligini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar