Fahrettin Altun Erdo'g'anning Ukrainaga tashrifiga munosabat bildirdi

Uning ta’kidlashicha, Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antaniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan tinchlik sa’y-harakatlarini davom ettirish maqsadida uchrashuv o’tkazdi.

1870061
Fahrettin Altun Erdo'g'anning Ukrainaga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Fahrettin Altun Erdo'g'anning Ukrainaga tashrifiga munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antaniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan tinchlik sa’y-harakatlarini davom ettirish maqsadida uchrashuv o’tkazdi.

“Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorlagan Erdo‘g‘an, ayni vaqtda o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralariga erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarga yetakchilik qilmoqda”,-dedi Fahrettin Altun.

Uning qayd etishicha, Rossiya va Ukraina delegatsiyalarini mart oyida Istanbulda birinchi marta uchrashtirgan Turkiya, bu jarayonni davom ettirish uchun harakat qilmoqda.

Turkiya prezident Erdo‘g‘an raisligida Ukrainaga har tomonlama yordam berib kelmoqda. Ayniqsa, insonparvarlik yordami shu jumladan, g‘alla eksporti bo‘yicha Istanbul kelishuvi global oziq-ovqat ta’minoti ustidagi bosimni yengillashtirishga zamin yaratadi.

“Prezidentimiz janob Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 24 fevralda mojarolar boshlanganidan beri tinimsiz muzokaralar olib bormoqda va uning sa’y-harakatlari allaqachon o’z samarasini berdi. Prezident Erdo’g’anning Ukrainaga tashrifi, tegishli rahbarlar bilan uchrashib, xalqaro maydonda ko’p tomonlamalikni qo’llash orqali diplomatik yechimlarga erishish mumkinligiga ishonch hosil qiladi. Xalqaro hamjamiyat tinchlik va barqarorlikka erishish yoʻlidagi ushbu saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashi kerak”, dedi Fahrettin Altun.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya , #Fahrettin Altun , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar