Erdo’g’an Polsha prezidenti Anjey Duda bilan muloqot qildi

Erdo’g’an suhbat chog’ida kechagi Ukraina safarining bir qismini Polsha orqali amalga oshirgani munosabati bilan Polsha Prezidenti Anjey Dudaga minnatdorlik bildirdi.

1869892
Erdo’g’an Polsha prezidenti Anjey Duda bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Erdo’g’an suhbat chog’ida kechagi Ukraina safarining bir qismini Polsha orqali amalga oshirgani munosabati bilan Polsha Prezidenti Anjey Dudaga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumotga ko’ra, Erdo‘g‘anning samolyoti dastlab Polsha xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Prezidentni aeroportda Polsha viloyat gubernatori Radoslav Viatr va Turkiyaning Varshavadagi elchisi Jengiz Komil Firat kutib olgandi. Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan uchrashish maqsadida quruqlik transporti orqali Ukrainaning Lvov shahriga yetib borgandi.

Erdo’g’an shuningdek, Polsha prezidentiga Ukrainada muzokaralar samarali bo’lib o’tganini, bu uchrashuv mamlakatda tinchlik o’rnatish jarayoniga hissa qo’shishidan umidvorligini tilga oldi.

Polsha prezidenti Duda ham prezident Erdo’g'anga Rossiya-Ukraina inqiroziga bargham berish yo’lidagi konstruktiv roli va sa'y-harakatlari hamda don eksporti kelishuviga qo'shgan beqiyos hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Polsha prezidenti Duda Turkiya prezidentini o'z mamlakatiga taklif qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina , #Erdo'g'an , #Polsha

Aloqador xabarlar