Turkiyaning 4-burg'ulash kemasi o'z faoliyatini boshladi
Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez, Turkiyaning 4-chi burg'ulash kemasi Abdulhamid Han Yo’rukler-1 qudug'ida burg'ulash ishlarini boshlaganini ma'lum qildi.
Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez, Turkiyaning 4-chi burg'ulash kemasi Abdulhamid Han Yo’rukler-1 qudug'ida burg'ulash ishlarini boshlaganini ma'lum qildi.
Vazir Do’nmez o'zining ijtimoiy media sahifasida Abdulhamid Han burg'ulash kemasi haqida baham ko'rdi.
Kemaning so'nggi holati haqida ma'lumot bergan Do’nmez, "Abdulhamid han burg'ulash kemamiz bugun Yo’rukler-1 qudug'ida birinchi burg'ulash ishini boshladi. O'rta yer dengizida yangi xushxabar bilan Qora dengiz quvonchini saqlab qolishga qaror qildik. Bu safar muhandislarimizning sa’y- harakatlari va xalqimizning duolari bilan kemamiz omadli bo'ladi va uni burg'ulash faoliyati samarali bo'ladi ". deya qayd etdi.
Abdulhamid Han burg'ulash kemasi 9 avgust kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an ishtirokidagi marosim bilan birinchi vazifa joyi Yo’rukler-1 qudug'iga jo'natilgan edi.
Vazir Do’nmezning xabar berishicha, kema 10 avgust kuni vazifa joyiga yetib borgan.