Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan uchrashdi

Pototskiy saroyidagi uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa hamda xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

1869702
Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan uchrashdi

 

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Lvov shahrida Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan uchrashdi.

Pototskiy saroyidagi uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa hamda xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan Lvov shahriga borgan Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anga hamrohlik qilmoqda.

Eslatish joizki, Hulusi Akar 16 avgust kuni Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

Suhbat chog'ida Ukrainadagi so'nggi vaziyat va Ukraina g'allasini xavfsiz yetkazish masalasi yuzasidan fikr almashilgandi.

Hulusi Akar darhol o't ochishni to'xtatishga ehtiyoj borligini va Turkiya mintaqada tinchlik o'rnatish va Ukrainaga insonparvarlik yordamini yetkazishda zimmasiga olgan vazifani bajarishda davom etishini yana bir bor ta'kidlagandi.

Suhbat davomida Ukraina doni va qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazish borasidagi o‘zgarishlar hamda Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi faoliyatlaridan mamnunlik tilga olingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar