Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukrainaga yetib bordi. Turkiya yetakchisi Lviv shahridagi Pototskiy saroyida ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

1869654
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukrainaga yetib bordi.

Turkiya yetakchisi Lviv shahridagi Pototskiy saroyida ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so'ng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. 

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Erdo'g'anning ukrainalik hamkasbi bilan o‘tkazadigan uchrashuvlarida Turkiya-Ukraina munosabatlarining strategik sheriklik darajasidagi barcha jihatlari baholanadi. 

Tashrif davomida Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish uchun yaratilgan mexanizm faoliyatini davom ettirish va Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo‘llar bilan tugatish yo‘lida qanday qadamlar tashlash mumkinligi muhokama qilinadi.

Turkiya rahbariga safar chog‘ida Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishi, Savdo vaziri Mehmet Mush, Milliy razvedka boshqarmasi rahbari Hakan Fidan, Prezident ma’muriyati bilan aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Fahrettin Altun, Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Prezident ma’muriyati mudofaa sanoati bo‘limi rahbari Ismoil Demir, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rasmiy vakili Umar Chelik va “Baykar Makina” kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayraktar hamrohlik qilmoqda. 

Erdo‘g‘anning korteji Lviv ko‘chalarida ko‘rinish bergan. U yerda Erdo‘g‘an, Zelenskiy va Guterrish o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuvda BMT bosh kotibi Ukrainada vaqtincha o‘t ochish rejimini to‘xtatish tashabbusini bildirishi, Anqara esa asirlarni almashishda vositachilik taklif qilishi kutilmoqda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Erdo‘g‘an Lvivdagi uchrashuvda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil etishni taklif qilishi haqida yozmoqda.

Shuningdek, 24-fevraldan beri davom etayotgan Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo'llar bilan to'xtatish uchun qanday qadamlar tashlanishi mumkinligi muhokama qilinadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, bu 24 fevral ya’ni Rosssiya bosqini boshlangandan beri Turkiya Prezidentining ilk bor Ukrainaga borishi bo‘ladi. U shu vaqtga qadar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, biroq hali rasman urush bo‘layotgan mamlakatga bormagandi. 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar