Erdo'g'an amaliy tashrif bilan Lvovga jo'nab ketdi

Erdo‘g‘an tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.

1869385
Erdo'g'an amaliy tashrif bilan Lvovga jo'nab ketdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan bir kunlik amaliy tashrif bilan Lvovga jo'nab ketdi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.

“Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan 2022 yil 18 avgust kuni bir kunlik amaliy tashrif bilan Lvovga safar qiladi. Prezidentning ukrainalik hamkasbi bilan o‘tkazadigan uchrashuvlarida Turkiya-Ukraina munosabatlarining strategik sheriklik darajasidagi barcha jihatlari baholanadi. 

Tashrif davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Unda Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish uchun yaratilgan mexanizm faoliyatini davom ettirish va Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo‘llar bilan tugatish yo‘lida qanday qadamlar tashlash mumkinligi muhokama qilinadi”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.

Uchrashuv chog‘ida asosan oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi. 

Shuningdek, 24-fevraldan beri davom etayotgan Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo'llar bilan to'xtatish uchun qanday qadamlar tashlanishi mumkinligi muhokama qilinadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, bu 24 fevral ya’ni Rosssiya bosqini boshlangandan beri Turkiya Prezidentining ilk bor Ukrainaga borishi bo‘ladi. U shu vaqtga qadar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, biroq hali rasman urush bo‘layotgan mamlakatga bormagandi. 


Tanlangan kalimalar: #Lvov , #Turkiya , #Ukraina , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar