Erdo'g'an Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Isroil bosh vaziri Yair Lapid ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va elchilarini poytaxtlarga qaytarishga kelishib oldi.

1869316
Erdo'g'an Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya-Isroil munosabatlari va dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Isroil bosh vaziri Yair Lapid ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va elchilarini poytaxtlarga qaytarishga kelishib oldi. 

Erdog’an Isroil Prezidenti Isxak Gersog va Isroil Bosh vaziri Yair Lapidning o’tgan oylarda Turkiyaga tashrifi chog’ida kelishilgan doirada o’zaro munosabatlarning rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, kecha e’lon qilingan “O’zaro elchilarni tayinlash” qaroriga to’xtalar ekan, yangi elchini eng qisqa vaqt ichida tayinlash uchun kerakli qadamlarni tashlashini ma'lum qildi.

Erdo'g’an qolaversa, Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi hamkorlik va diplomatik muloqotning barqaror asosda va o’zaro hurmat asosida davom ettirishni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatish joizki, Turkiya va Isroil o‘z elchilarini 2018 yilda chaqirtirib olgandi.

O‘shanda ikki mamlakat G‘azo sektoridagi voqealar bo‘yicha turlicha nuqtai nazarni bildirgandi: Erdo‘g‘an Isroilni terrorchi davlat deb atagandi, Isroilning o'sha davrdagi bosh vaziri Binyamin Netanyahu Turkiya rahbarini HAMASni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.


Tanlangan kalimalar: #Yair Lapid , #Turkiya , #Isroil , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar