Hulusi Akar Liviya Oliy Davlat kengashi raisi Xolid al-Mishri bilan uchrashdi

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviya Oliy davlat kengashi raisi Xolid al-Mishri bilan Liviyadagi so’nggi vaziyat haqida fikr almashdi.

1868941
Hulusi Akar Liviya Oliy Davlat kengashi raisi Xolid al-Mishri bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 16 avgust kuni Liviya Oliy davlat kengashi raisi Xolid al-Mishri bilan uchrashdi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Oliy martabali mehmon poytaxt Anqaradagi Milliy Mudofaa vazirligi qarorgohida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan uchrashdi.

Yetakchilar uchrashuv chog’ida Liviyadagi so’nggi vaziyat haqida fikr almashdi.

Shuningdek, Hulusi Akar Turkiya bilan Liviya o'rtasidagi 500 yillik tarixiy do'stlik va qardoshlik rishtalariga alohida e'tibor qaratdi va Turkiyaning harbiy ta'lim sohasida hamkorlik bo’yicha tajribalarini Liviya hukumati bilan o’rtoqlashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya "Liviya liviyaliklarga tegishli" degan tushuncha bilan harakat qiladi. Qolaversa, Turkiya Liviya tinchligi, osoyishtaligi va farovonligi uchun qo‘lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.

Vazir Hulusi Akar kelgusi davrda to'qnashuvlarni oldini olish va birodarlarcha qon to'kilishini oldini olish uchun zarur tashabbuslarni olib borishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Hulusi Akar kunning ikkinchi yarmida Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, suhbat chog’ida ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Liviya , #Xolid al-Mishri , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar