Erdo‘g‘an ertaga Ukrainaga tashrif buyuradi

Erdo‘g‘an tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.

1868799
Erdo‘g‘an ertaga Ukrainaga tashrif buyuradi

 

Joriy yilning 18 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukrainaga tashrif buyuradi.

Ma’lumotga ko’ra, Erdo‘g‘an tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Prezident Erdo'g'anning Zelenskiy bilan bo'ladigan uchrashuvlarida strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Ukraina munosabatlarining barcha jihatlari ko’zdan kechiriladi.

Bundan tashqari, oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyat va Yelenovkadagi tergov izolyatorining o‘qqa tutilishiga ham e’tibor qaratiladi.

Alohida ta’kidlash kerakki, bu 24 fevral ya’ni Rosssiya bosqini boshlangandan beri Turkiya Prezidentining ilk bor Ukrainaga tashrifi bo‘ladi. Erdo’g’an shu kungacha  Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirganib kelgan, biroq hali rasman urush bo‘layotgan mamlakatga bormagandi. 

Shunga qaramay, uning harakatlari bilan joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Erdo‘g‘an, Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar