Malayziya qiroli bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Oliy martabali mehmon sharafiga Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkaziladi.

1867737
Malayziya qiroli bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Malayziya qiroli Sulton Abdulloh Riayatuddin Al Mustafo Billoh Shox bugun, 15 avgust kuni mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga rasmiy tashrif buyurmoqda.

Oliy martabali mehmon sharafiga Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkaziladi.

Malayziya qiroliga turmush o'rtog'i qirolicha Tunku Azizah Aminah Maimunah Iskandariah hamrohlik qiladi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Malayziya bilan Turkiya o'rtasidagi yuqori darajadagi aloqalar do‘stlik, o‘zaro ishonch va xalqlar manfaati asosida jadal rivojlanmoqda.

Shu doirada Malayziya Bosh vaziri Ismoil Sabri Yakub iyul oyida Turkiyaga tashrif buyurgandi. Tashrif doirasida ikki davlat o'rtasidagi aloqalar "Har tomonlama strategik sheriklik" darajasiga ko'tarilgandi.

Qirol Abdulloh Riayatuddin Al Mustafo Billoh Shoxning tashrifi salkam 30 yildan keyin Malayziyadan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshirilgan birinchi tashrif hisoblanadi.



Aloqador xabarlar