Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya yig'ilishi haqida ma'lum qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya vakillarining Shimoliy Alyansga a’zolik masalasi bo‘yicha birinchi yig‘ilishi 26 avgust kuni o‘tkazilishi rejalanayotgani aytdi.

1866906
Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya yig'ilishi haqida ma'lum qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya vakillarining Shimoliy Alyansga a’zolik masalasi bo‘yicha birinchi yig‘ilishi 26 avgust kuni o‘tkazilishi rejalanayotgani va bu Madriddagi NATO sammitidan so‘ng ilk ko‘rishish bo‘lishini aytib o‘tdi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda kecha poytaxt Ankarada o’tkazilgan 13-Elchilar konferensiyasi yakunida so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

“Hozircha Shvetsiya va Finlandiya tomonidan memorandumda belgilab qo‘yilgan va NATOga a’zolik bo‘yicha og‘zaki ravishda zimmaga olingan majburiyat bajarilayotganini ko‘rmayapmiz. Biz muzokaraga ochiqmiz. “Uchlik” uchrashuvini 26 avgustda o‘tkazish rejalangan”, dedi tashqi ishlar vaziri.

Chavusho’g’li Shvetsiya va Finlyandiyadan bayonotlar qilinganini va tegishli tomonlarning yaxshi niyatlari borligini, lekin Turkiyaning bu ikki davlatdan aniq qadamlar ko’rish istagini doimiy ravishda ifoda etganini qayd etdi.

Turkiya hukumati avvalroq NATOning iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammiti doirasida Shvetsiya va Finlandiya bilan imzolangan memorandum yakuniy emasligi, Stokgolm va Xelsinki terror tashkilotlariga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarini bajargan taqdirdagina, Turkiya parlamenti hujjatni ratifikatsiya qilishi mumkinligini ta’kidlagandi.



Aloqador xabarlar