Erdo’g’an yangi qurilgan 34 ta GESning ochilish marosimida ishtirok etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning gidroelektr quvvatini qisqa vaqt ichida 2,5 barobar oshirib, 44 milliard kilovat-soatdan 110 milliard kilovat-soatga yetkazganliklarini aytdi.

1866739

Erdo’g’an, poytaxt Anqaradagi Beshtepe Millet Kongress va Madaniyat markazida Davlat gidrotexnikasi tomonidan qurilishi yakunlangan 34 ta gidroelektr stansiyaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezident Erdo'g'an, Turkiyaning elektr ishlab chiqarish quvvatiga yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat hissa qo'shadigan eng yuqori to'g'on bo'lgan Yusufeli to'g'onining yakunlanish arafasida ekanligini aytdi.

Prezident,

– So‘nggi 20 yil ichida bugun ochiladigan gidroelektr stansiyalari bilan birga mamlakatimizga 605 ta yangi GES olib kelganimiz va ularning umumiy sonini 730 taga yetkazganimizdan faxrlanamiz.  Deya ifoda etdi.

Aloqador xabarlar