Mavlud Chavusho’g’li HAMAS harakati rahbari Ismoil Xaniya bilan muloqot qildi

Qayd etilishicha, Chavusho‘g‘li va Xaniya Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga raketa hujumlari va musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi “Al-Aqso” masjidiga bostirib kirishini muhokama qilgan.

1864850
Mavlud Chavusho’g’li HAMAS harakati rahbari Ismoil Xaniya bilan muloqot qildi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Turkiya TIVning xabar berishicha, Chavusho‘g‘li va Xaniya Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga raketa hujumlari va musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi “Al-Aqso” masjidiga bostirib kirishini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga start berdi.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.

7 avgust kuni Isroil va G‘azodagi “Islomiy jihod” harakati Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Isroil hujumlari oqibatida hozirgacha 44 kishi, jumladan 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok bo‘lgan hamda yana 360 kishi jarohat olgan.

Boshqa tomondan, 7 avgust kuni 2 mingdan ortiq aqidaparast yahudiylar “Al-Aqso” masjidiga bostirib kirishdi.

Mavlud Chavusho’g’li Iroq Turkman Jabhasi rahbari Hasan Turan bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Mavlud Chavusho‘g‘li bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

"Mintaqadagi so'nggi o'zgarishlardan kelib chiqib, Iroqning tinchligi va barqarorligi hamda turkman birodarlarimiz tinchligi va farovonligi uchun tashlanishi kerak bo'lgan qadamlarni baholadik. Biz har doim Iroq Turkmanlari bilan birgamiz",-deb yozgan Mavlud Chavusho‘g‘li Twitter’dagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hamas , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar