Erdo'g’an Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan muloqot qildi

Erdog’an muloqot davomida Somali prezidentiga Turkiya har doimgidek Somali xalqining yonida bo'lib, Somalida tinchlik va barqarorlikni qo'llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

1864801
Erdo'g’an Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 7-avgust kuni Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Erdog’an muloqot davomida Somali prezidentiga Turkiya har doimgidek Somali xalqining yonida bo'lib, Somalida tinchlik va barqarorlikni qo'llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Shuningdek, mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar, jumladan, mamlakatning asosiy qonunini isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar jarayonini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar