Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi ikki yilda 6,5 milliondan ortiq ziyoratchiga quchoq ochdi

Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi bundan ikki yil muqaddam ya’ni 2020-yilning 10-iyuli kuni qabul qilingan qaror bilan takror jome’ masjidiga aylantirildi.

1863816
Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi ikki yilda 6,5 milliondan ortiq ziyoratchiga quchoq ochdi
ayasofya.jpg
ayasofya cami.jpg
ayasofya cami.jpg

Ikki yil avval ibodat uchun ochilgan Buyuk Ayasofiya jome’ masjidining 6,5 milliondan ortiq ziyoratchiga quchoq ochgani xabar qilindi.

Istanbul fath etilgunga qadar roppa-rosa 916 yil cherkov, 1453-yildan e’tiboran esa jome’ masjidi sifatida foydalanilgan Ayasofiya, 1934-yili qabul qilingan qaror asosida 86 yil davomida muzey sifatida xizmat qildi.

Bundan 2 yil muqaddam ya’ni 2020-yilning 10-iyuli kuni qabul qilingan qaror bilan takror jome’ masjidiga aylantirilgan Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi huddi shu yilning 24-iyulida oʻqilgan birinchi juma namozi bilan ibodatga ochildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Ayasofiyaning qayta ibodatga ochilishi haqidagi farmonni huddi shu kuni imzolar ekan Ayasofiya, Turkiya Din ishlari yetakchiligiga topshirildi. Prezidentning mavzu haqidagi qarori esa, rasmiy gazetada chop etildi.

Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi, 2020-yilning 24-iyuli kuni Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning ham ishtirokidagi marosim bilan 86 yildan keyin o‘qilgan juma namozi bilan ibodatga ochildi.

Istanbul muftiysi vazifasini bajaruvchi Akturko‘g‘lu, Buyuk Ayasofiya jome’ masjidining ibodatga ochilishining ikkinchi yilligidagi bayonotida:

“Ayasofiya ibodatga qayta ochilganidan keyin, mahalliy va chet ellik sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda. Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi, qayta ibodatga ochilganidan beri 6,5 ​​milliondan ortiq ziyoratchini qabul qildi”.-deb bayonot bergandi.

 



Aloqador xabarlar